xatolab
Kirish
IELTS Academic · boshlash bepul

Bir xatoni ikki marta qilmang.

Listening va Reading testlarini haqiqiy kompyuter formatida ishlang. Har bir notoʻgʻri javob sababi bilan tushuntiriladi va toʻgʻri topmaguningizcha qaytib keladi.

Telegram ochiladi. Telefon raqami ham, parol ham kerak emas.

Namuna: xatolar sahifasidagi bitta karta
18 Reading · 2-matn True / False / Not Given NOT GIVEN chalkashligi

The town’s first public library was paid for by the council.

Sizning javobingiz FALSE
Toʻgʻri javob NOT GIVEN
Matndan dalil In 1887 the council offered the old market hall as a home for the new library.

Matnda kengash bino berganini aytadi, ammo kutubxonaga kim pul toʻlaganini aytmaydi. Demak, javob FALSE emas, NOT GIVEN.

2 kundan keyin yana chiqadi keyin 5, 11 va 21 kundan soʻng
eng muhim qismi

Xato qilganingizdan keyin nima boʻladi

Eng foydali qismi test tugagach boshlanadi. Har bir xato toʻrt bosqichdan oʻtadi.

  1. Test ishlaysiz

    Listening: 4 qism, 40 savol, audio bilan. Academic Reading: 3 matn, 40 savol. Hammasi kompyuterdagi imtihon koʻrinishida.

  2. Darhol tekshiriladi

    Tugatishingiz bilan har bir savol belgilanadi, ballingiz esa bandga aylantiriladi.

  3. Xatoga sabab yoziladi

    Imlo, soʻz limiti, NOT GIVEN chalkashligi, distraktor. Yonida matn yoki audio skriptdagi aynan oʻsha joy turadi.

  4. Xato qaytib keladi

    Savol 2, 5, 11 va 21 kundan keyin yana chiqadi. Ketma-ket ikki marta toʻgʻri javob bersangiz, roʻyxatdan chiqadi.

Xatolar sahifasi: har bir savol uchun topshiriq turi, xato turi, gap, sizning javobingiz qizilda va toʻgʻri javob yashilda. Xatolar sahifasi: har bir savol uchun topshiriq turi, xato turi, gap, sizning javobingiz qizilda va toʻgʻri javob yashilda.

xatolab ajratadigan xato turlari

  • Imlo xatosi
  • Birlik / koʻplik
  • Soʻz limiti
  • Notoʻgʻri maʼlumot
  • NOT GIVEN chalkashligi
  • TRUE va FALSE almashgan
  • Distraktorga ilingan
  • Javobsiz qolgan

Imlodagi xatolaringiz alohida soʻz mashqiga yigʻiladi.

Toʻrtala koʻnikma bir joyda

Listening va Reading’dan tashqari Writing va Speaking ham tekshiriladi, reja esa imtihon kuningizgacha tuziladi.

Testlar va mock imtihonlar

xatolab uchun yozilgan original testlar, kompyuterdagi IELTS formatida. Mock imtihon esa imtihon tartibi va vaqti bilan, bir oʻtirishda.

Reading matni va savollari: har bir javob yonida yashil belgi yoki qizil rangda toʻgʻri javob, pastda savol raqamlari qatori. Reading matni va savollari: har bir javob yonida yashil belgi yoki qizil rangda toʻgʻri javob, pastda savol raqamlari qatori.

Writing tekshiruvi

Task 1 va Task 2. Toʻrtala mezon boʻyicha alohida band va umumiy band. Tuzatishlar oʻzingiz yozgan gaplardan iqtibos keltiradi.

Writing oynasi: imtihon topshirigʻi, taymer, soʻz hisoblagichi va oldingi ishlar bandlari bilan. Writing oynasi: imtihon topshirigʻi, taymer, soʻz hisoblagichi va oldingi ishlar bandlari bilan.

Speaking tekshiruvi

Javobingizni yozib olasiz, u matnga aylantiriladi va ravonlik, lugʻat hamda grammatika boʻyicha baholanadi.

Talaffuz baholanmaydi: uni matndan aniqlab boʻlmaydi, biz esa taxmin qilmaymiz.

AI coach

Oʻz xatolaringiz haqida soʻrang: nega javob notoʻgʻri, Matching headings qanday ishlanadi, keyin nimani mashq qilish kerak.

Bepul tarifda kuniga 3 ta javob, pullik tariflarda kuniga 25 ta AI soʻrov.

Reja va band prognozi

Imtihon sanasini kiriting, reja oʻsha kungacha kunma-kun tuziladi. Prognoz javoblaringiz asosida taxminiy bandni koʻrsatadi.

Prognoz bu taxmin, imtihon natijasi emas.

haftalik tarif ham bor

Imtihoningizgacha qancha vaqt qoldi?

Bepul boshlang. Pullik tariflarda hamma narsa ochiq, farqi faqat muddatda.

Bepul

Platformani sinab koʻrish uchun

0soʻm

  • 2 ta toʻliq test
  • Xatolar banki
  • 1 ta Writing va 1 ta Speaking tekshiruvi
  • AI coach: kuniga 3 ta javob
Bepul boshlash

1 hafta

Imtihon oldidan oxirgi hafta uchun

29 000soʻm

  • Barcha testlar va mock imtihonlar
  • Writing va Speaking tekshiruvi
  • Reja, prognoz va AI coach
  • Kuniga 25 ta AI soʻrov
1 haftani tanlash
Eng koʻp tanlanadi

1 oy

Imtihongacha bir oycha qolgan boʻlsa

89 000soʻm

  • Barcha testlar va mock imtihonlar
  • Writing va Speaking tekshiruvi
  • Reja, prognoz va AI coach
  • Kuniga 25 ta AI soʻrov
1 oyni tanlash

3 oy

Shoshilmasdan, puxta tayyorlanish uchun

199 000soʻm

oyiga ≈ 66 000 soʻm

  • Barcha testlar va mock imtihonlar
  • Writing va Speaking tekshiruvi
  • Reja, prognoz va AI coach
  • Kuniga 25 ta AI soʻrov
3 oyni tanlash

Tarifni tanlaganingizdan soʻng toʻlovni Telegram orqali siz bilan tasdiqlaymiz. Payme va Click orqali toʻlov tez orada qoʻshiladi.

yana savol bormi?

Koʻp beriladigan savollar

Bu bepulmi?

Boshlash bepul: 2 ta toʻliq test, xatolar banki, bitta Writing va bitta Speaking tekshiruvi, AI coach’dan kuniga 3 ta javob. Karta maʼlumotlari soʻralmaydi.

Bu qanday testlar?

xatolab uchun yozilgan original testlar. Ular kompyuterdagi IELTS formatini takrorlaydi: Listening 4 qism va 40 savol, audio bilan; Academic Reading 3 matn va 40 savol. Bular Cambridge kitoblaridan yoki haqiqiy imtihondan olingan savollar emas.

Writing va Speaking qanday baholanadi?

AI ochiq IELTS band descriptor’lari boʻyicha baholaydi. Writing’da har bir mezon uchun band va oʻz gaplaringizdan iqtibos bilan tuzatishlar olasiz. Speaking yozuvi matnga aylantiriladi va ravonlik, lugʻat va grammatika boʻyicha baholanadi; talaffuz baholanmaydi. Bu rasmiy natija emas, mashq uchun taxmin.

Qanday toʻlayman?

Tarifni tanlang, soʻng toʻlovni Telegram orqali siz bilan tasdiqlaymiz. Payme va Click orqali toʻlov tez orada qoʻshiladi.

Telefonda ishlaydimi?

Ha, toʻgʻridan-toʻgʻri brauzerda, hech narsa oʻrnatish shart emas. Testlar, audio va xatolar telefonda ham qulay ishlaydi. Writing’ni esa kompyuterda yozish osonroq.

Pulni qaytarib olsa boʻladimi?

Ha. Agar xatolab sizga toʻgʻri kelmasa, toʻlovdan keyin 3 kun ichida Telegram’da bizga yozing, pulingizni qaytaramiz.

Band prognozi qanchalik aniq?

Prognoz faqat sizning javoblaringizdan, xom ballni bandga oʻtkazish jadvallari asosida hisoblanadi. U mashqdagi darajangizni koʻrsatadi, imtihon natijasini kafolatlamaydi.

Imtihoningiz sanasi bor. Rejangiz ham boʻlsin.

Imtihon kunini kiriting: reja aynan oʻsha kunda tugaydi, mock imtihonlar va takrorlash kunlari oʻz oʻrnida.

Telegram ochiladi. Telefon raqami ham, parol ham kerak emas.